OpenAI sobiq tadqiqotchisi ulushidan tushgan daromadni AI xavfsizligiga yoʻnaltiradi
OpenAI sobiq tadqiqotchisi Jeykob Kokson kompaniyadagi oʻz ulushini sotib, undan tushgan mablagʻni AI xavfsizligi loyihalariga yoʻnaltirishini maʼlum qildi.

Kokson 2023-yildan 2026-yilgacha OpenAIʼda ishlagan, keyin Anthropic kompaniyasiga oʻtgan va yaqinda u yerdan ketgan. Endi u superintellektual AIʼni ishlab chiqishni toʻxtatib turish yoki keskin sekinlashtirish tarafdori boʻlib, qolgan choralarni chalgʻituvchi deb hisoblaydi.
Ulushni sotish uni OpenAI fond birjasiga chiqqanidan keyin qoʻlga kiritishi mumkin boʻlgan, millionlab dollarlik potensial foydadan mahrum qilishi mumkin. Kompaniya bosh direktori Sem Altman avvalroq bunday joylashtirish yaqinlashayotganini aytgan edi.
Sentabr oyida Kokson OpenAI va Anthropic insonlar hayotini xavf ostiga qoʻyayotganidan ogohlantirgan edi. Shuningdek, u rekursiv oʻzini-oʻzi takomillashtirishga — modellar oʻzlarini oʻzlari oʻqitadigan jarayonga — cheklovlar qoʻyilishini talab qilmoqda. Stenforddagi chiqishida Kokson oʻz ulushini «qonli pul» deb atagan, biroq oʻshanda undan voz kechishga tayyor emas edi.





