Reklama
Biznesingiz uchun Telegram’da reklama · TCA Media
Juma, 27-noyabr 2026-yilRUUZEN
MB kurslariUSD12 002.10▲ 14.21EUR13 166.30▲ 51.55RUB146.02▲ 0.61CNY1 802.06▲ 6.31KZT26.21▲ 0.04GBP15 721.55▲ 65.3727.11.2026 holatiga
UzStock26.11.2026
Reklama
Biznesingiz uchun Telegram’da reklama · TCA Media
Iqtisodiyot

Oʻzbekiston va XVJ investitsiyalar hamda JSTga qoʻshilishni muhokama qildi

Oʻzbekiston va XVJ tashqi savdo, investitsiyalar hamda mamlakatning JSTga qoʻshilish muzokaralarini muhokama qildi. 2026 yil yanvar–oktabrida eksport 33 foizga oshdi.

20-noyabr, 11:29
gov.uz

2026 yil yanvar–oktabrida Oʻzbekistonga jalb qilingan xorijiy investitsiyalar va kreditlar hajmi 49,5 mlrd dollarga yetdi. Maxsus eksport hisobga olinmaganda, eksport 25,7 mlrd dollarni tashkil etdi — bu oʻtgan yilning shu davriga nisbatan 33 foizga koʻp.

19 noyabr kuni Oʻzbekiston investitsiyalar, sanoat va savdo vazirining birinchi oʻrinbosari Saidkahhor Xolxoʻjayev Xalqaro valyuta jamgʻarmasining Yaqin Sharq va Markaziy Osiyo departamenti maslahatchisi Yasser Abdih bilan uchrashdi. Tomonlar tashqi savdoni rivojlantirish, kapital jalb qilish hamda mamlakatning Jahon savdo tashkilotiga aʼzo boʻlishi boʻyicha muzokaralar borishini muhokama qildi. Shu jarayon doirasida milliy qonunchilikni takomillashtirish masalasi ham alohida koʻrib chiqildi. Tomonlar muloqotni davom ettirish va hamkorlikni mustahkamlashga tayyor ekanini tasdiqladi.

Reklama
Biznesingiz uchun Telegram’da reklama · TCA Media