Sentabr oyida Oʻzbekistonda milliy valyutadagi 358 mlrd soʻmlik obligatsiyalar roʻyxatdan oʻtkazildi
Valyutadagi obligatsiya chiqarish hajmi 90 mln dollarni tashkil etdi, soʻmdagi eng yirik emitent esa ipoteka kompaniyasi boʻldi
29-oktabr, 16:54

Wikimedia
Sentabr oyida Oʻzbekistonda milliy valyutada 358 mlrd soʻmlik obligatsiya chiqarishlar roʻyxatdan oʻtkazildi. Chiqarishlarni Istiqbolli loyihalar milliy agentligi roʻyxatdan oʻtkazdi, Qimmatli qogʻozlar markaziy depozitariysi esa ularni depozitar hisobiga oldi.
Soʻmdagi eng yirik — 300 mlrd soʻmlik chiqarishni «Oʻzbekiston ipotekani qayta moliyalashtirish kompaniyasi» AJ joylashtirdi. Milliy valyutadagi qolgan chiqarishlar «Biznes Finans Mikromoliya tashkiloti» MChJ va «Alfa Mikromoliya tashkiloti» MChJ hissasiga toʻgʻri keldi.


