Reklama
Biznesingiz uchun Telegram’da reklama · TCA Media
Chorshanba, 4-noyabr 2026-yilRUUZEN
MB kurslariUSD11 911.71▼ 29.94EUR13 319.67▼ 63.34RUB146.49▼ 1.16CNY1 785.22▼ 10.95KZT26.30▼ 0.06GBP15 974.79▼ 42.5504.11.2026 holatiga
Reklama
Biznesingiz uchun Telegram’da reklama · TCA Media
Bozorlar

Morgan Stanley sanoat sektoriga tikmoqda

Texnologiya gigantlari aksiyalaridagi pasayishning yakunlanishi, AQShdagi oraliq saylovlar va Moliya vazirligi taqdim etishi mumkin boʻlgan likvidlik S&P 500 indeksini 8000 punktgacha koʻtarishi mumkin

4-noyabr, 11:27

Morgan Stanley tahlilchilarining fikricha, fond bozoridagi hozirgi uzoq davom etgan pasayish yakuniga yaqinlashmoqda va investorlar tez orada vaziyat yaxshilanishini kutishlari mumkin. S&P 500 indeksi iyundan beri deyarli oʻzgarmagan boʻlsa-da, oxirgi oy, ayniqsa sunʼiy intellekt xarajatlari bilan bogʻliq xavotirlar sabab 9 foizga qulagan texnologik Nasdaq uchun nihoyatda notinch kechdi. Shunga qaramay, eng ogʻir davr ortda qoldi.

Bankning bosh investitsiya direktori Maykl Uilsonning aytishicha, sotuvlar bozor yetakchilarigacha yetib bordi — bu odatda burilishdan oldingi tuzatishning yakuniy bosqichini anglatadi.

Davlat obligatsiyalari daromadliligi pasaymoqda, AQSh Federal zaxira tizimi foiz stavkalarini oʻzgartirishni toʻxtatib turibdi, AQSh Moliya vazirligi esa oʻz zaxiralaridan iqtisodiyotga qariyb 1 trln dollar yoʻnaltirishni boshlashi mumkin. Bu bozorga qoʻshimcha mablagʻ olib kiradi.

Reklama
Biznesingiz uchun Telegram’da reklama · TCA Media

Tarixan AQShdagi oraliq saylovlardan keyingi olti oy davomida yirik kompaniyalar aksiyalari oʻrtacha qariyb 15 foizga oʻsadi.

Bozor hali toʻliq burilmagan: yil oxirigacha 8000 punktlik maqsadli koʻrsatkich sari yakuniy oʻsishdan oldin S&P 500 biroz pastlashi mumkin. Shunga qaramay, tahlilchilar kuchli biznesga ega «sifatli tsiklik kompaniyalar»ga eʼtibor qaratishni tavsiya qilmoqda. Asosiy favorit sanoat sektori boʻldi — masalan, Delta Air Lines, Knight-Swift va Northrop Grumman aksiyalari. Shuningdek, iShares MSCI USA Quality Factor ETF kabi maxsus fondlarga ham eʼtibor qaratish tavsiya etilmoqda.

Yana oʻqing