Reklama
Biznesingiz uchun Telegram’da reklama · TCA Media
Juma, 13-noyabr 2026-yilRUUZEN
MB kurslariUSD11 973.44▲ 9.17EUR13 282.14▼ 41.27RUB144.53▲ 0.04CNY1 795.58▲ 2.02KZT26.91▲ 0.03GBP15 891.15▼ 33.2913.11.2026 holatiga
Reklama
Biznesingiz uchun Telegram’da reklama · TCA Media
Bozorlar

Société Générale banki: 2026 yil oxirida S&P 500 oʻsishiga xizmat qiluvchi uch omil

Arzonlashayotgan neft, pasayish trendining zaiflashuvi va saylovlardan keyingi aniqlik bir oy ichida bozorga qanday taʼsir qiladi

11-noyabr, 18:57
Société Générale

Fransiyaning Société Générale investitsiya banki neft narxlarining pasayishi isteʼmolchilarni qoʻllab-quvvatlashi hamda inflyatsiya, foiz stavkalari va aksiyalarga bosimni kamaytirishi mumkin, deb hisoblaydi. Shu bilan birga, Société Générale bahosiga koʻra, ishsizlik nafaqasini olish uchun berilayotgan arizalar sonining pastligi kuchli iqtisodiy oʻsish saqlanib qolayotganidan dalolat beradi.

Bank ikkinchi omil sifatida bozorlararo momentum indikatorining uzoq davom etayotgan pasayishini koʻrsatadi. U bir vaqtning oʻzida bir nechta aktivlar sinfidagi narxlar oʻzgarishini kuzatadi va tahlilchilar fikricha, burilish nuqtasiga yaqinlashishi mumkin. Uchinchi omil — AQShdagi oraliq saylovlardan keyingi bozorning tarixiy reaksiyasi: soʻnggi 20 ta shunday saylovdan keyingi olti oy davomida S&P 500 oʻrtacha 12,7 foizga oshgan.

Société Générale S&P 500 uchun 2026 yil oxiriga moʻljallangan darajani 8 000 punkt etib belgiladi — bu joriy koʻrsatkichlardan 7 foizga oʻsishni anglatadi. Yanada qulay ssenariyda, bank bahosiga koʻra, indeks 10 000 punktgacha koʻtarilishi mumkin, yaqin oylar ichida esa uning oʻsishi 30 foizni tashkil etadi.

Ehtimoliy oʻsishda ishtirok etish uchun bank kompaniyalari teng ulushlarga ega S&P 500 indeksini, shuningdek, kommunal xizmatlar korxonalari aksiyalari va isteʼmolchilar talabiga sezgir kompaniyalar qimmatli qogʻozlarini maʼqul koʻradi. Bunday yoʻnalishdagi fondlar qatorida Invesco S&P 500 Equal Weight ETF (RSP), State Street Utilities Select Sector SPDR Fund (XLU) va Vanguard Consumer Discretionary ETF (VCR) tilga olingan.

Reklama
Biznesingiz uchun Telegram’da reklama · TCA Media