Bank of America GTA 6 chiqishini Take-Two aksiyalarini xarid qilishga sabab deb atadi
Bank fikricha, bozor kompaniyaning uzoq muddatli salohiyatini yetarlicha baholamayapti.
Bank of America tahlilchilari Rockstar Games egasi Take-Two Interactive aksiyalariga 19 noyabrdagi GTA 6 relizidan oldin sarmoya kiritishni tavsiya qilmoqda.
Yil boshidan beri Take-Two aksiyalari 21 foizga arzonladi, biroq BofA buni bozorga kirish nuqtasi deb hisoblamoqda. Tahlilchilar foydaning asosiy drayveri sifatida GTA Onlineʼni monetizatsiya qilishni koʻrsatmoqda; oʻyinning ishga tushirilishi 2027 yilning birinchi choragida kutilmoqda. Bankning aksiyaga toʻgʻri keladigan foyda oʻsishi boʻyicha prognozi konsensus bahosidan ancha yuqori va tahlilchilar bozor oʻz baholarini qayta koʻrib chiqishiga toʻgʻri keladi, deb kutmoqda.
BofA «Sotib olish» reytingini saqlab qoldi, biroq maqsadli narxni 380 dollardan 330 dollargacha pasaytirdi. Shunga qaramay, bu 62 foizlik oʻsishni anglatadi. Bank Take-Two boshqa yirik nashriyotchilarga (P/E 22x) va S&P 500 indeksiga (21x) nisbatan arzonroq baholanayotganini, shu bilan birga kompaniya sunʼiy intellektga investitsiyalar qisqarishi xavflariga bogʻliq emasligini qayd etdi.
Prognoz oʻyin industriyasidagi qiyinchiliklar fonida yangradi: iyun oyida Microsoft Xbox boʻlinmasini qisqartirdi, bozor esa buni butun soha uchun xavotirli signal sifatida qabul qildi.




