UzRTSBning 2026-yil 9 oyidagi foydasi 34 foizga oshdi
Uchinchi chorak yakunlariga koʻra, birja 120,3 mlrd soʻm foyda oldi — bu oʻtgan yilning shu davriga nisbatan 78,6 foiz koʻp
28-oktabr, 13:57По-русски

uzdaily.uz — УзРТСБ
«Oʻzbekiston respublika tovar-xomashyo birjasi» AJning 2026-yilning toʻqqiz oyidagi jami natijasi 341,7 mlrd soʻm sof foydani tashkil etdi. Bu koʻrsatkich 2025-yilning shu davridagi darajadan yuqori boʻldi.
Birjaning toʻqqiz oylik sof tushumi 418,8 mlrd soʻmga yetdi, foizli daromadlar ham oshdi.
Oʻtgan yilga nisbatan UzRTSB aktivlari hajmi 134,2 foizga oshib, 11,6 trln soʻmga yetdi. Birjaning kapitali va taqsimlanmagan foydasi ham koʻpaydi.




