OpenAI maqsadli baholashni $1,25 trln gacha pasaytirdi
Dastlabki $1,4 trlnlik moʻljal investorlar orasida sust qiziqish uygʻotdi
23-oktabr, 17:25По-русски

Unsplash — Jonathan Kemper
Morgan Stanley va texnologik investitsiya fondi Dragoneer badavlat mijozlarga OpenAIʼga $1,4 trln baholash asosida sarmoya kiritishni taklif qildi. Qiziqish avvalgi raundlardagidan sustroq boʻldi: ayrim investorlar kompaniyaga allaqachon katta mablagʻ yoʻnaltirgan, boshqalari esa noyabrda oʻtkazilishi kutilayotgan Anthropic IPOʻsini kutishni maʼqul koʻrmoqda.
Raundga BAA fondlari va Coatue Management boshchilik qilishi kutilmoqda. Suhbatdoshlardan biri maʼlum qilishicha, kelishuv shartlariga koʻra, OpenAI BAA hamkorlaridan yangi hisoblash quvvatlarini sotib olishda ustuvor huquqqa ega boʻladi. Kompaniya izoh berishdan bosh tortdi.
Birlamchi manba: Financial Times
Material quyidagi nashr asosida tayyorlandi: Forbes Russia




