AQSh MEXC kriptobirjasini oʻz moliyaviy tizimidan uzib qoʻydi
AQSh Moliya vazirligi Coinmarketcap reytingidagi top-10 talikka kiruvchi savdo platformasini 16 mlrd dollarlik yashirin tranzaksiyalarda aybladi

AQSh Moliya vazirligi xalqaro kriptovalyuta birjasi MEXC Globalʼga qarshi keskin cheklovlar joriy etib, amalda uning AQSh moliya sektoriga kirishini toʻsib qoʻydi. Bu haqda Moliyaviy jinoyatlarga qarshi kurash boshqarmasi (FinCEN) maʼlum qildi.
Keskin choralar qoʻllanishiga besh yil davom etgan tergov natijalari sabab boʻldi. Regulyator maʼlumotlariga koʻra, 2021-yil mayidan 2026-yil mayigacha platforma orqali kamida 16 mlrd dollarlik shubhali operatsiyalar amalga oshirilgan. Bu mablagʻlar xalqaro huquqiy sanksiyalarni chetlab oʻtish, kiberjinoyatchilik va boshqa noqonuniy sxemalar bilan bogʻliqligi aniqlangan.
MEXC dunyodagi eng yirik kriptovalyuta platformalari qatoriga kiradi va Coinmarketcap global reytingida 9-oʻrinni egallaydi. Birjadagi kunlik savdo aylanmasi qariyb 900 mln dollarni tashkil etadi.
Platformaga nisbatan regulyator bosimi butun kuz davomida kuchayib bordi. Avvalroq, oktabr oxirida MEXC oldindan choralar koʻrib, Rossiya va Belarus mijozlariga xizmat koʻrsatishni toʻxtatishini eʼlon qildi. Birja bu qarorni «regulyator talablariga muvofiqlik (komplayens) tartib-taomillarini optimallashtirish» bilan izohladi. MEXCʼdan keyin Bitget va KuCoin kriptobirjalari ham ushbu hududlar bilan ishlamaslikka qaror qildi.





