Reklama
Biznesingiz uchun Telegram’da reklama · TCA Media
Shanba, 14-noyabr 2026-yilRUUZEN
MB kurslariUSD12 014.37▲ 40.93EUR13 280.68▼ 1.46RUB146.19▲ 1.66CNY1 800.90▲ 5.32KZT26.97▲ 0.06GBP15 899.82▲ 8.6714.11.2026 holatiga
UzStock13.11.2026
Reklama
Biznesingiz uchun Telegram’da reklama · TCA Media
Investitsiyalar

Kim va qanday qilib malakali investor maqomini olishi mumkin

Oʻzbekistonda xorijiy qimmatli qogʻozlardan faqat ular foydalana oladi

14-noyabr, 19:57
https://www.shutterstock.com/

Hujjat ushbu maqomga daʼvogarlik qilayotgan jismoniy va yuridik shaxslarga qoʻyiladigan talablarni, shuningdek, investitsiya vositachilarining majburiyatlarini belgilaydi. Malakali investor deb bilim, tajriba va kapitalini tasdiqlagan hamda investitsiyalar bilan bogʻliq xatarlarni oʻz zimmasiga olishga rozi boʻlgan mijozga aytiladi.

Jismoniy shaxs uchun shartlardan biri qiymati kamida $5000 boʻlgan pul mablagʻlari, qimmatli qogʻozlar yoki boshqa moliyaviy vositalarga ega boʻlishi mumkin. Nomzod shuningdek qimmatli qogʻozlar bozori, moliyaviy vositalar, xatarlar, portfelni shakllantirish va investitsiya qonunchiligi asoslari boʻyicha testdan oʻtishi kerak. Vositachi tekshiruv mazmuni, undan oʻtish mezonlari va qayta topshirish tartibini mustaqil belgilaydi.

Agar mijozda oʻtgan yil davomida tuzilgan bitimlar boʻyicha tajriba, Oʻzbekiston qimmatli qogʻozlar bozorining malaka attestati, broker tan oladigan xalqaro moliyaviy sertifikat, tegishli oliy maʼlumot yoki fond bozorida bitimlar, investitsiya tavsiyalari, qarorlar yoxud xatarlarni boshqarish bilan ishlash boʻyicha kamida ikki yillik staj boʻlsa, u testdan ozod qilinishi mumkin.

Reklama
Biznesingiz uchun Telegram’da reklama · TCA Media

Kompaniya bir vaqtning oʻzida kamida 1500 BHM miqdoridagi sof aktivlarga, tegishli oliy maʼlumotga va moliya tashkilotida kamida ikki yillik ish tajribasiga ega xodimga, shuningdek, oʻtgan yil davomida qimmatli qogʻozlar bozorida kamida beshta bitimga ega boʻlishi kerak. Banklar, sugʻurta kompaniyalari, investitsiya fondlari va litsenziyalanadigan boshqa moliyaviy tashkilotlar maqomni avtomatik ravishda oladi.

Vositachi mijozni malakali investor deb tan olish tartibini hujjatlashtirishi, xatarlarni oshkor qilishi va har chorakda NAPPga maqom berilgan, berish rad etilgan hamda maqom bekor qilingan holatlar boʻyicha jamlanma maʼlumotlarni yuborishi shart. Bozor tebranishlari sabab aktivlar qiymatining pasayishi oʻz-oʻzidan ushbu maqomning bekor qilinishiga olib kelmaydi.