Binance faoliyati qayta tiklanganidan soʻng mijozlar birjadagi hisoblaridan 4,9 mlrd dollarni chiqarib oldi
Bu yaqinda sodir boʻlgan kiberhujungacha birja aktivlarining qariyb 3 foiziga teng
DefiLlama bahosiga koʻra, dushanba tongiga kelib Binanceʼdan chiqib ketgan mablagʻlar hajmi qariyb 4,9 mlrd dollarga yetgan. Bu kiberhujumdan bir kun oldin birjada saqlangan aktivlarning umumiy qiymatining taxminan 3 foizini tashkil etadi.
Buzib kirilganini aniqlagach, Binance hujumchilar foydalangan zaifliklarni izlash va bartaraf etish uchun mablagʻlarni yechib olish imkoniyatini vaqtincha yopdi. Avvalroq 6,3 mlrd dollar qiymatidagi aktivlar oʻgʻirlangani haqida xabar berilgandi. Dastlabki maʼlumotlarga koʻra, xakerlar ruxsatsiz tranzaksiyalarni amalga oshirish uchun ishlab chiquvchining noutbukidan foydalangan boʻlishi mumkin.
The Financial Times xabar berganidek, shanba kuni AQSh Federal qidiruv byurosi oʻgʻirlikda Shimoliy Koreya bilan bogʻliq TraderTraitor guruhini aybladi. Byuro oʻgʻirlangan aktivlar konvertatsiya qilinib, «yuvilishi»ni kutmoqda. Binance rahbari Richard Teng birja buzib kirish oqibatidagi zararni oʻz mablagʻlari hisobidan mijozlarga qoplashini bildirdi.



