Reklama
Biznesingiz uchun Telegram’da reklama · TCA Media
Juma, 30-oktabr 2026-yilRUUZEN
MB kurslariUSD12 066.22▲ 62.20EUR13 444.18▲ 82.51RUB149.74▲ 0.94CNY1 811.36▲ 10.68KZT26.63▲ 0.28GBP16 075.82▲ 124.8830.10.2026 holatiga
Reklama
Biznesingiz uchun Telegram’da reklama · TCA Media
Investitsiyalar

Intel aksiyalari sof foyda pasayishi sabab 23 foizga qulab tushdi

Kompaniya yarimoʻtkazgichlar bozoridagi uzoq davom etadigan pasayish 2027 yil oʻrtalarigacha davom etishi haqida ogohlantirdi

30-oktabr, 15:54
Photo by Alexandru-Bogdan Ghita on Unsplash

Chips va kompyuter komponentlari ishlab chiqaruvchi Amerikaning Intel kompaniyasi aksiyalari postmarket savdolarida 23 foizga qulab tushdi. Bunga kompaniyaning choraklik hisobotidagi zaif natijalar va korporatsiya rahbariyatining pessimistik prognozi sabab boʻldi.

Intel kompaniyasining 2026 yil uchinchi choragidagi sof foydasi oʻtgan yilning shu davridagi 4,1 mlrd dollarga nisbatan 3,3 mlrd dollargacha kamaydi. Shu bilan birga, kompaniya tushumi 21 foizga oʻsib, 16,51 mlrd dollarga yetdi.

Bozor Intel rahbariyatining jahon miqyosida kompyuterlar va mikrosxemalar ishlab chiqarish oʻsish surʼatlari kamida 2027 yilning birinchi yarmigacha sekinlashishi haqidagi bahosiga salbiy munosabat bildirdi.

Korporatsiya 2026 yilning toʻrtinchi choragida tushum 15–16 mlrd dollar oraligʻida boʻlishini prognoz qilmoqda. Uoll-strit tahlilchilari esa bu koʻrsatkichni 17 mlrd dollar darajasida kutgan edi. Bu birjada vahimali sotuvlar toʻlqinini keltirib chiqardi.

Reklama
Biznesingiz uchun Telegram’da reklama · TCA Media

Yana oʻqing