Sunʼiy intellekt bilan bogʻliq xatarlarga taʼsirchan boʻlmagan 9 ta aksiya va 5 ta ETF
Tanlov mezonlariga oʻz kapitali va investitsiya qilingan kapitalning yuqori rentabelligi, erkin pul oqimi hamda foiz toʻlovlarini qoplash darajasi kiradi
AQShning Piper Sandler investitsiya kompaniyasi tuzgan roʻyxatga bozor kapitallashuvi $100 mlrddan yuqori boʻlgan toʻqqizta kompaniya kirdi: AT&T (T), T-Mobile US (TMUS), Marathon Petroleum (MPC), Valero Energy (VLO), UnitedHealth Group (UNH), Lockheed Martin (LMT), Uber Technologies (UBER), Salesforce (CRM) va Southern (SO).
Bozor choʻqqi darajalaridan chekingan paytda bunday aksiyalar odatda yaxshiroq natija koʻrsatadi. Kompaniya bahosiga koʻra, 2027-yilgacha makroiqtisodiy vaziyatning yomonlashuvi investorlarni barqarorroq kompaniyalarga yoʻnaltirishi mumkin. Bunga qisqa va uzoq muddatli stavkalarning oshishi, neft narxlarining yuqoriligi, budjet xarajatlariga qiziqishning sustligi hamda uy-joy bozoridagi faollikning sekinlashuvi sabab boʻlishi mumkin.
Bu segmentga beshta birja fondi orqali ham kirish mumkin: American Century U.S. Quality Growth ETF (QGRO), Invesco S&P 500 Quality ETF (SPHQ), iShares MSCI USA Quality GARP ETF (GARP), JPMorgan U.S. Quality Factor ETF (JQUA) va Northern Trust US Quality Large Cap ETF (QLC). Ular foydalilik, baholash darajalari va foyda dinamikasi boʻyicha reyting qilindi.




