Markaziy bank asosiy stavkani 14 foiz darajasida qoldirdi
Sentyabr yakunlariga koʻra, yillik inflyatsiya 6,4 foizni tashkil etdi
4-noyabr, 14:33
Regulyator aholi va biznesning inflyatsion kutilmalari pasayganini qayd etdi, biroq jahon bozorlarida oziq-ovqat va energiya resurslari narxlarining oʻzgarishi bilan bogʻliq xatarlar haqida ogohlantirdi.
Markaziy bank Oʻzbekiston iqtisodiy oʻsishining 2026 yilgi prognozini 8 foizgacha oshirdi. Shu bilan birga, regulyator bahosiga koʻra, yil oxiriga borib inflyatsiya qariyb 7 foizni tashkil etadi, 2027 yil oxiriga kelib esa maqsadli 5 foiz darajasigacha pasayishi mumkin.
Asosiy stavka boʻyicha keyingi qarorlar inflyatsiya dinamikasi, ichki talab va tashqi iqtisodiy xatarlarga bogʻliq boʻladi.





