Reklama
Biznesingiz uchun Telegram’da reklama · TCA Media
Juma, 27-noyabr 2026-yilRUUZEN
MB kurslariUSD12 002.10▲ 14.21EUR13 166.30▲ 51.55RUB146.02▲ 0.61CNY1 802.06▲ 6.31KZT26.21▲ 0.04GBP15 721.55▲ 65.3727.11.2026 holatiga
UzStock26.11.2026
Reklama
Biznesingiz uchun Telegram’da reklama · TCA Media
Biznes

Huawei sanksiyalar sharoitida tezkor HBM ishlab chiqarish yoʻlini izlamoqda

Huawei fevral oyida Janubiy Koreya ishlab chiqaruvchilarining ommaviy xotirasiga qaraganda kontaktlar zichligi ikki baravar yuqori boʻlgan HBM arxitekturasini taqdim etishni rejalashtirmoqda

27-noyabr, 10:49
bloomberg.com

Huawei ilmiy ishining tavsifiga koʻra, bunday konstruksiya xotira qatlamlari bilan protsessor oʻrtasidagi ulanishlar sonini oshiradi. Nazariy jihatdan bu HBMʼning oʻtkazuvchanlik qobiliyatini kengaytiradi va shina kengroq boʻlgani uchun, hatto chastota pastroq boʻlsa ham, sunʼiy intellekt vazifalarini tezlashtiradi. Ish San-Fransiskodagi konferensiyada taqdim etiladi.

Ushbu ishlanma kompaniya tranzistorlar hajmini kamaytirish bilangina cheklanmay, kechikishlarni pasaytirish va oʻzaro ulanishlarni optimallashtirish bilan bogʻlaydigan τ (tau) masshtablash konsepsiyasini davom ettiradi. Biroq Huawei nazariy arxitekturadan mikrosxemalar ishlab chiqarishga oʻtgan-oʻtmagani nomaʼlum.

Xitoyning oʻz HBMʼiga ega boʻlishi muhim: AQSh cheklovlari sabab Samsung, SK hynix va Micron bunday xotirani xitoylik buyurtmachilarga yetkazib bera olmaydi. Huawei Ascend oilasi tufayli allaqachon sunʼiy intellekt akseleratorlarining asosiy yetkazib beruvchilaridan biriga aylandi va 2029 yilgacha har yili kamida bittadan yangi akselerator ishlab chiqarishni moʻljallamoqda. Ilgʻor xotira ishlab chiqarishga EUV-litografiya qurilmalaridan foydalanish imkoni yoʻqligi toʻsqinlik qilmoqda.

Reklama
Biznesingiz uchun Telegram’da reklama · TCA Media