Reklama
Biznesingiz uchun Telegram’da reklama · TCA Media
Juma, 13-noyabr 2026-yilRUUZEN
MB kurslariUSD11 973.44▲ 9.17EUR13 282.14▼ 41.27RUB144.53▲ 0.04CNY1 795.58▲ 2.02KZT26.91▲ 0.03GBP15 891.15▼ 33.2913.11.2026 holatiga
Reklama
Biznesingiz uchun Telegram’da reklama · TCA Media
Investitsiyalar

Shavkat Mirziyoyev va Jahon banki rahbari hamkorlik ustuvor yoʻnalishlarini muhokama qildi

Qoʻshma loyihalar portfeli qariyb 16 milliard dollarni tashkil etadi

11-noyabr, 15:16
Пресс-служба Президента

11 noyabr kuni Antaliyada boʻlib oʻtayotgan COP31 sammiti doirasida Shavkat Mirziyoyev Jahon banki rahbari Ajay Banga bilan uchrashdi. Tomonlar Jahon banki guruhi bilan strategik hamkorlikni yanada kengaytirishning amaliy masalalarini koʻrib chiqdilar.

Xalqaro taraqqiyot assotsiatsiyasini moliyalashtirishni oʻrta muddatli koʻrib chiqish forumiga tayyorgarlikka alohida eʼtibor qaratildi. Forum dekabr oyida Toshkentda boʻlib oʻtadi.

Hamkorlikning ustuvor yoʻnalishlari sifatida iqtisodiy oʻsishni taʼminlash va ish oʻrinlari yaratish dasturini amalga oshirish, mamlakat bilan hamkorlikning yangi dasturini tayyorlash, infratuzilmaga xususiy investitsiyalarni jalb etish, xususiylashtirish hamda suv xavfsizligini taʼminlash belgilandi.

Reklama
Biznesingiz uchun Telegram’da reklama · TCA Media