Oʻzbekistonda NarxStat narxlar statistikasi xizmati ishga tushirildi
Milliy statistika qoʻmitasi narxlar va inflyatsiya haqidagi maʼlumotlarni taqdim etuvchi ochiq NarxStat platformasini taqdim etdi
13-noyabr, 17:47

Idora narxlar va inflyatsiya haqidagi maʼlumotlarni eʼlon qilish uchun NarxStat platformasini ishga tushirdi. Unga narx.stat.uz manzili orqali kirish mumkin.
Platformada isteʼmol narxlari indeksi, hududlar va tumanlar boʻyicha oziq-ovqat mahsulotlari hamda yoqilgʻining haftalik oʻrtacha narxlari, shuningdek, uy-joy va sanoat mahsulotlari narxlari indekslarini koʻrish mumkin. Maʼlumotlarni CSV va JSON formatlarida yuklab olish mumkin, shuningdek, oldindan roʻyxatdan oʻtmasdan foydalanish mumkin boʻlgan API ham mavjud.





