Reklama
Biznesingiz uchun Telegram’da reklama · TCA Media
Chorshanba, 28-oktabr 2026-yilRUUZEN
MB kurslariUSD11 918.98▲ 57.02EUR13 283.70▲ 5.42RUB148.04▲ 0.91CNY1 787.60▲ 8.72KZT26.12▼ 0.18GBP15 876.08▲ 42.7428.10.2026 holatiga
Reklama
Biznesingiz uchun Telegram’da reklama · TCA Media
Investitsiyalar

119 mamlakatdan kelgan investorlar Nigeriyadagi Dangote neftni qayta ishlash zavodi IPOsida faol ishtirok etmoqda

Mahalliy va chakana investorlar talabi jalb qilinishi rejalashtirilgan 1,6 mlrd dollarlik mablagʻni allaqachon toʻliq qopladi

28-oktabr, 12:43По-русски

Read in English

Arizalarni qabul qilish muddati ikki haftaga uzaytirildi va joylashtirish 27 oktabrda yakunlanadi. Bloomberg manbalariga koʻra, xalqaro talab 30 foizlik qoʻshimcha joylashtirish opsioni ham hisobga olinganda, 2,1 mlrd dollarlik maqsaddan sezilarli darajada oshib ketishi mumkin. Jami 119 mamlakatdan investorlar ariza topshirdi.

Neftni qayta ishlash zavodi Afrikaning eng boy odami Aliko Dangotening kampaniyasi doirasida birjaga chiqmoqda. U 10 mln nafar chakana investorni ishtirok etishga jalb qilishni koʻzlamoqda, minimal ariza esa 10 ta aksiyani tashkil etadi.

IPOdan tushadigan mablagʻlarni qiymati 14 mlrd dollar boʻlgan dasturga yoʻnaltirish rejalashtirilgan. Dastur neftni qayta ishlash quvvatini sutkasiga qariyb 700 000 barreldan 2029 yilgacha 1,4 mln barrelgacha oshirishni nazarda tutadi.

Reklama
Biznesingiz uchun Telegram’da reklama · TCA Media

Yana oʻqing