Soliq qoʻmitasi Amerikaning Governful kompaniyasi bilan SI masalasini muhokama qildi
Bu Samarqanddagi “C5+1” forumi doirasida yuz berdi
Oʻzbekiston Soliq qoʻmitasi mutaxassislari sunʼiy intellekt texnologiyalariga ixtisoslashgan Amerikaning Governful kompaniyasining loyihalar boʻyicha global rahbari Neyt Benson bilan uchrashdi.
Uchrashuvning asosiy mavzulari soliq maʼmuriyatchiligini raqamlashtirish va sunʼiy intellektdan foydalanish istiqbollari boʻldi. Idora vakillari oʻz faoliyatida allaqachon qoʻllanayotgan yechimlar haqida soʻzlab berdi.
Muzokaralarda Soliq qoʻmitasi raisining maslahatchisi A. Elmuradov, departament direktori F. Ahmedjanov hamda axborot-kommunikatsiya texnologiyalari boʻyicha mutaxassislar ishtirok etdi. Idora xabariga koʻra, Benson Samarqandda oʻtkazilgan “C5+1” forumi doirasida Oʻzbekistonga tashrif buyurgan.
Governful vakili kelgusidagi hamkorlikka qiziqish bildirdi.



