Reklama
Biznesingiz uchun Telegram’da reklama · TCA Media
Juma, 27-noyabr 2026-yilRUUZEN
MB kurslariUSD12 002.10▲ 14.21EUR13 166.30▲ 51.55RUB146.02▲ 0.61CNY1 802.06▲ 6.31KZT26.21▲ 0.04GBP15 721.55▲ 65.3727.11.2026 holatiga
UzStock26.11.2026
Reklama
Biznesingiz uchun Telegram’da reklama · TCA Media
Biznes

Soliq qoʻmitasi fuqarolar va biznesning soliq tizimini yaxshilash boʻyicha takliflarini yigʻishni boshladi

Buning uchun @soliqtaklif_bot Telegram-boti ishga tushirildi

16-noyabr, 18:15
gov.uz

Soliq qoʻmitasi soliq tizimini oʻzgartirish boʻyicha tashabbuslarni yigʻish uchun @soliqtaklif_bot Telegram-botini ishga tushirdi. Takliflar oʻzbek, rus va qoraqalpoq tillarida qabul qilinadi.

Bot orqali soliqlarni toʻlashni soddalashtirish, soliq organlari bilan hamkorlikni va elektron xizmatlarni yaxshilash boʻyicha takliflar yuborish mumkin. Alohida yoʻnalishlardan biri — inson omili taʼsirini kamaytirish uchun sunʼiy intellektdan foydalanish koʻlamini kengaytirish.

Tashabbus matni asoslantirishi bilan birga 5 ming belgidan oshmasligi kerak. Shaxsiy maʼlumotlarni koʻrsatish talab etilmaydi, bir foydalanuvchi esa bir nechta taklif yuborishi mumkin.

Reklama
Biznesingiz uchun Telegram’da reklama · TCA Media

Tashabbuslarni qoʻmitaning tegishli boʻlinmalari koʻrib chiqadi. Asoslantirilgan va amaliy ahamiyatga ega gʻoyalarni yangi normativ-huquqiy hujjatlarni tayyorlashda hisobga olish rejalashtirilmoqda.

Idorada aniqlik kiritilishicha, hozir kelgusi yilgi soliq va budjet siyosatini belgilaydigan hujjatlar uchun takliflar yigʻilmoqda. Agar bunday format samarali boʻlib chiqsa, uni fikr-mulohazalarni muntazam yigʻish uchun saqlab qolishlari mumkin.

Shu bilan birga, qoʻmita prezident topshirigʻiga binoan soliq maʼmuriyatchiligini raqamlashtirish boʻyicha yangi choralarni tayyorlamoqda. Idora rejasiga koʻra, ular soliq tizimining shaffofligini oshirishi hamda fuqarolar va biznes uchun soliqlarni toʻlashni soddalashtirishi kerak.