Reklama
Biznesingiz uchun Telegram’da reklama · TCA Media
Juma, 27-noyabr 2026-yilRUUZEN
MB kurslariUSD12 002.10▲ 14.21EUR13 166.30▲ 51.55RUB146.02▲ 0.61CNY1 802.06▲ 6.31KZT26.21▲ 0.04GBP15 721.55▲ 65.3727.11.2026 holatiga
UzStock26.11.2026
Reklama
Biznesingiz uchun Telegram’da reklama · TCA Media
Tahlil

Raqamlar: 2026-yilda Formula-1 homiyligi qancha turadi

Brendlarga bunday investitsiyalar oʻzini oqlashini isbotlash tobora qiyinlashmoqda

19-noyabr, 11:07
businessinsider.com

Ampere Analysis Formula-1 homiyligiga sarflanadigan mablagʻlar bir yil ichida 15 foizga oshishini prognoz qilmoqda. Chempionatda allaqachon 400 dan ortiq hamkor bor, bitta kelishuvning oʻrtacha qiymati esa 8,1 mln dollarga yetadi — bu NBA va NFLdagi kelishuvlarning oʻrtacha qiymatidan qariyb toʻrt baravar koʻp.

Yuqori raqobat brendlarga homiylikdan olinadigan samarani baholashni qiyinlashtirmoqda. Sport marketingi boʻyicha maslahatchi Tim Krouning taʼkidlashicha, chempionatning dunyo boʻylab auditoriyasi katta boʻlsa-da, tomoshabinlar koʻpincha Formula-1’ning koʻzga tashlanadigan faollashtirish kampaniyalarini eslay olmaydi. AQShda esa translyatsiyalarning Nielsenʼning tashqi reyting tizimiga kirmaydigan Apple TV platformasiga oʻtkazilishi reklama qiymatini baholashni yanada murakkablashtirmoqda.

Shu bilan birga, Formula-1 2025-yilda uning global auditoriyasi 827 mln kishiga yetganini maʼlum qildi. Netflix yoshroq va ayol tomoshabinlarni jalb qilishga yordam berdi, uzoq davom etadigan xalqaro poygalar taqvimi esa brendlarga yil davomida auditoriya bilan ishlash imkonini beradi. Sohadagi vakillarning fikricha, eng yaxshi natijalarga oʻz texnologiyalari bilan trassadagi muvaffaqiyatlar oʻrtasidagi bogʻliqlikni koʻrsata oladigan kompaniyalar erishadi. Tadqiqot, shuningdek, homiylik shartnomalarining uzaytirilishini jamoa natijalari bilan, hamkorlarning koʻpligini esa ayrim brendlarning ketib qolish ehtimoli yuqoriligi bilan bogʻlaydi.

Reklama
Biznesingiz uchun Telegram’da reklama · TCA Media