Reklama
Biznesingiz uchun Telegram’da reklama · TCA Media
Juma, 27-noyabr 2026-yilRUUZEN
MB kurslariUSD12 002.10▲ 14.21EUR13 166.30▲ 51.55RUB146.02▲ 0.61CNY1 802.06▲ 6.31KZT26.21▲ 0.04GBP15 721.55▲ 65.3727.11.2026 holatiga
UzStock26.11.2026
Reklama
Biznesingiz uchun Telegram’da reklama · TCA Media
Biznes

Amazon AI-startap Decartdan chiplar uchun dasturiy taʼminot sotib oladi va uning asoschilarini ishga yollaydi

Amazon AI-startap Decartdan Decart Optimization Stack texnologiyasini sotib olish va uning uch nafar asoschisini jamoasi bilan birga ishga yollash boʻyicha kelishuvga erishdi. Bitim tartibga soluvchi organlar maʼqullashini talab qiladi.

24-noyabr, 12:14
cnbc.com

Gap butun startapni emas, kompaniyaning oʻziga tegishli texnologiyasini sotib olish haqida bormoqda. Decart Optimization Stack dasturchilarga sunʼiy intellekt modellarini turli chiplar oʻrtasida koʻchirish va apparat platformasini tezroq almashtirish imkonini beradi.

Amazon Decart bilan 2025 yilda hamkorlikni boshlagan. Kompaniya bayonotiga koʻra, startap jamoasi dasturiy va apparat taʼminotini birlashtiradigan yondashuvdan foydalanib, uning Trainium chiplarining ishlashini optimallashtirishga yordam bergan. Amazon ushbu texnologiya oʻz chiplarining ishlashi va AI-inferens — natija olish uchun modellarni ishga tushirish — samaradorligini yaxshilaydi, shuningdek, mijozlarga modellarni tezroq va arzonroq oʻqitish hamda ulardan foydalanish imkonini beradi, deb kutmoqda.

Decart hammuassislari — bosh direktor Din Laytersdorf, shuningdek, Moshe Shalev va Orian Laytersdorf Amazonʼga oʻtadi. Ular bilan birga startap tadqiqotchilari va muhandislari ham kompaniyaga qoʻshilishi kutilmoqda.

Kelishuvning rasmiy qiymati oshkor qilinmagan. Bir nechta OAV masaladan xabardor odamlarga tayanib, summa $7,5 mlrd ekani haqida yozdi, biroq Amazon bu maʼlumotni tasdiqlamadi. Bitimning yakunlanishi standart shartlar bajarilishiga, jumladan, tartibga soluvchi organlardan ruxsat olinishiga bogʻliq.

Reklama
Biznesingiz uchun Telegram’da reklama · TCA Media