Google Anthropicʼga 10 mlrd dollar investitsiya kiritish majburiyatini oldi
Google Anthropic aksiyalarini sotib olishi haqidagi bayonotlardan soʻng Alphabet aksiyalari 1,14 foizga qimmatlashdi

AQSh Sharqiy sohil vaqti bilan soat 10:00 holatiga koʻra, Alphabet aksiyalari 1,14 foizga oshdi. Investorlar Google rejalarini NVIDIA bosh direktorining ketishi ortidan Nasdaq pasaygan bir paytda baholadi.
Anthropic kompaniyasining oʻzgartirilgan S-1 arizasida Google LLC 135 135 135 dona N toifasidagi aksiya olishi koʻrsatilgan. Joylashtirishning oʻrtacha narxi 74 dollar boʻlganda, ularning qiymati qariyb 10 mlrd dollarni tashkil etadi. Bu aksiyalar 26 mlrd dollarlik xususiy joylashtirish tarkibiga kiradi.
Anthropic Nasdaqʼda har bir donasi 70 dollardan 78 dollargacha boʻlgan narxda 825 mln dona aksiya taklif qilmoqchi. Joylashtirish parametrlari 18 noyabrda belgilanib, ANT tickeri ostidagi savdolar 19 noyabrda boshlanishi kutilmoqda.
Googleʼning xaridi 2026 yil mart oyida tuzilgan moliyalashtirish toʻgʻrisidagi kelishuvda nazarda tutilgan opsion orqali amalga oshiriladi. Shart kompaniyaning Anthropicʼdagi ulushini 14,99 foiz bilan cheklaydi. Bunda sotib olinadigan aksiyalarga lock-up cheklovi tatbiq etilmaydi, biroq ular muomalada cheklangan boʻlib qoladi, shu sababli paketni tezda sotishning imkoni boʻlmaydi.





