Oʻzbekiston Markaziy banki fintech sohasida Gonkong va Malayziya tajribasini koʻrib chiqdi
Oʻzbekistondan borgan delegatsiya maʼlumotlarni boshqarish va nazorat hisobotlarini avtomatlashtirishni oʻrgandi
13-noyabr, 19:00

Oʻzbekiston Markaziy banki delegatsiyasi Hong Kong FinTech Week 2026 doirasida Gonkong Monetar boshqarmasi, Bank Negara Malaysia va PETRONAS bilan uchrashuvlar oʻtkazdi.
Tomonlar nazorat ostidagi tashkilotlardan batafsil maʼlumotlarni yigʻish, hisobotlarni taqdim etish uchun yagona platforma va maʼlumotlar sifatini tekshirish masalalarini muhokama qildi. Shuningdek, maʼlumotlarni boshqarish tizimlari va Ataccama platformasidan amaliy foydalanish alohida koʻrib chiqildi.
Markaziy bankda maʼlum qilinishicha, olingan tajribadan tartibga solish hisobotlarini avtomatlashtirishda foydalaniladi.




