Reklama
Biznesingiz uchun Telegram’da reklama · TCA Media
Juma, 27-noyabr 2026-yilRUUZEN
MB kurslariUSD12 002.10▲ 14.21EUR13 166.30▲ 51.55RUB146.02▲ 0.61CNY1 802.06▲ 6.31KZT26.21▲ 0.04GBP15 721.55▲ 65.3727.11.2026 holatiga
UzStock26.11.2026
Reklama
Biznesingiz uchun Telegram’da reklama · TCA Media
Texnologiyalar

Amazon Vulcan raketasi uchirilishi chogʻida 40 ta internet sunʼiy yoʻldoshini yoʻqotdi

Raketaning ishlab chiquvchisi parvozdan 10 daqiqa oʻtib anomaliya yuz bergani va apparatlar yoʻqotilganini maʼlum qildi

16-noyabr, 12:05
interfax.ru

Raketa Floridadagi Kanaveral burnida joylashgan AQSh Kosmik kuchlarining 41-raqamli uchirish majmuasidan start oldi. Raketaning ishlab chiquvchisi apparat Amazon missiyasini orbitaga chiqara olmaganini tasdiqladi. Biroq uning xabarida raketa «Vulcan» deb atalgan, uchirish tavsifida esa Atlas V koʻrsatilgan.

Yoʻqotilgan sunʼiy yoʻldoshlar avval Kuiper deb atalgan Amazon Leo loyihasi uchun moʻljallangan edi. Oʻtgan yil aprel oyi oxiridan buyon kompaniya 590, 610 va 630 km balandlikdagi orbitalarga apparatlarning 14 ta guruhini chiqardi, kompaniyaning sunʼiy yoʻldoshlar turkumi umumiy soni esa 396 taga yetdi. 2023 yilda Amazon KuiperSat-1 va KuiperSat-2 nomli ikkita sinov apparatini ham uchirgan.

2028 yilga kelib Amazon Leo turkumi global keng polosali internet ulanishini taʼminlash uchun 3276 ta kosmik apparatni oʻz ichiga olishi kerak. Kompaniya 2027 yil oʻrtalariga kelib sunʼiy yoʻldoshlar turkumining yarmi orbitada boʻlishini rejalashtirmoqda. Amazon maʼlumotlariga koʻra, loyihaning umumiy qiymati 10 mlrd dollardan oshadi.

Amazon Leo/Kuiper SpaceX kompaniyasining Starlink sunʼiy yoʻldosh tizimi bilan raqobatlashadi. Ushbu turkumda Yerning istalgan nuqtasida internet xizmatlarini taqdim eta oladigan qariyb 11,2 mingta apparat bor.

Reklama
Biznesingiz uchun Telegram’da reklama · TCA Media