Reklama
Biznesingiz uchun Telegram’da reklama · TCA Media
Juma, 27-noyabr 2026-yilRUUZEN
MB kurslariUSD12 002.10▲ 14.21EUR13 166.30▲ 51.55RUB146.02▲ 0.61CNY1 802.06▲ 6.31KZT26.21▲ 0.04GBP15 721.55▲ 65.3727.11.2026 holatiga
UzStock26.11.2026
Reklama
Biznesingiz uchun Telegram’da reklama · TCA Media
Iqtisodiyot

Oʻzbekiston aholi jon boshiga YaIM hajmini 10 ming dollardan oshirishni rejalashtirmoqda

Markaziy bank raisi oʻrinbosari Nodirbek Achilov bunga toʻrt-besh yil ichida erishish rejalashtirilayotganini maʼlum qildi

16-noyabr, 18:35

Bu haqda Achilov Toshkentda XVJning Kavkaz va Markaziy Osiyo boʻyicha mintaqaviy iqtisodiy prognozi taqdimotida gapirdi. Uning soʻzlariga koʻra, maqsadli koʻrsatkichga erishish islohotlarni davom ettirish va rivojlanishning yangi modeliga oʻtishni talab qiladi.

Iqtisodiyot va moliya vazirligi boshqa idoralar bilan birgalikda iqtisodiy oʻsishning yangi siyosatini allaqachon ishlab chiqdi. U tarkibiy oʻzgarishlar, avval boshlangan islohotlarni yakunlash va rivojlanish surʼatlarini oshirishga qaratilgan qoʻshimcha choralarni oʻz ichiga oladi. Achilov maqsadga erishish uchun hozirgacha qoʻlga kiritilgan natijalar yetarli emasligini taʼkidladi.

Jahon bankining Toshkentdagi katta iqtisodchisi Pinar Yashar islohotlarning keyingi bosqichida barqaror oʻsish va unumdorlikni oshirishga toʻsqinlik qilayotgan omillarni aniqlash qiyinroq boʻlishini aytdi. Uning soʻzlariga koʻra, dastlabki bosqichda valyuta kursi va narxlarni liberallashtirish, shuningdek, toʻsiqlarni bartaraf etish ustuvor vazifalar boʻlgan.

Reklama
Biznesingiz uchun Telegram’da reklama · TCA Media

XVJning Oʻzbekistondagi doimiy vakili Koba Gvenetadze makroiqtisodiy barqarorlikni saqlashni barqaror rivojlanish sharti deb atadi. U keyingi bosqichning ustuvor yoʻnalishlari qatorida davlat korxonalari, mehnat bozori va taʼlim, energetika sohalaridagi islohotlar, raqamlashtirish hamda pensiya tizimidagi oʻzgarishlarni sanab oʻtdi.

XVJ davlat korxonalari islohotini tezlashtirish tarafdori hamdir. Jamgʻarma bahosiga koʻra, bu korxonalar inflyatsion bosimni kuchaytirmasdan unumdorlikni oshirishi va iqtisodiy oʻsishni qoʻllab-quvvatlashi kerak. Korxonalarga davlat koʻmagini korporativ boshqaruv tamoyillarini joriy etish bilan bogʻlash, xususiylashtirishni esa shaffof tarzda va xalqaro tamoyillar asosida amalga oshirish taklif etilmoqda.