Amazon, Alphabet, Microsoft va Metaʼning bir yillik erkin pul oqimi uch baravar kamaydi
Biroq ularning jami bozor kapitallashuvi 3,4 foizga oshdi: tahlil

Bir yil ichida sunʼiy intellekt texnologiyalarini eng koʻp xarid qiluvchi toʻrtta kompaniyaning erkin pul oqimi 61,5 mlrd dollargacha qisqardi: kapital xarajatlari operatsion pul oqimiga qaraganda ancha tez oʻsdi.
Amazonʼda bu koʻrsatkich 10,6 mlrd dollardan minus 46,9 mlrd dollargacha oʻzgardi. Shu bilan birga, uning aksiyalari qimmatlashdi, Alphabet, Microsoft va Meta aksiyalari esa arzonlashdi. Tahlil mualliflarining fikricha, investorlar hozircha allaqachon qurilgan maʼlumotlar markazlaridan olinadigan foydaning oʻsishiga eʼtibor qaratmoqda va kapital xarajatlarining bosimini toʻliq hisobga olmayapti.
Amazon, Alphabet va Microsoft operatsion foydasining oʻsishi bu pozitsiyani qoʻllab-quvvatlaydi. Biroq Metaʼda operatsion foyda kamaydi. Alphabetʼda qarzdan koʻra naqd pul koʻproq, Amazon esa ijara majburiyatlarini hisobga olganda sof qarzdorlikka ega.
Oqimlar nisbati muhim sinov boʻladi: agar operatsion tushumlar kapital xarajatlaridan tezroq oʻsa boshlasa, erkin pul oqimi tiklanadi. Hozircha kompaniyalar infratuzilmaga sarflanadigan xarajatlar yanada oshishini kutmoqda. Shu sababli tahlil mualliflari pul oqimining pasayish xavfi aksiyalar narxlarida hali oʻz aksini topmagan, deb hisoblaydi.





