Reklama
Biznesingiz uchun Telegram’da reklama · TCA Media
Juma, 27-noyabr 2026-yilRUUZEN
MB kurslariUSD12 002.10▲ 14.21EUR13 166.30▲ 51.55RUB146.02▲ 0.61CNY1 802.06▲ 6.31KZT26.21▲ 0.04GBP15 721.55▲ 65.3727.11.2026 holatiga
UzStock26.11.2026
Reklama
Biznesingiz uchun Telegram’da reklama · TCA Media
Iqtisodiyot

Nukusda jamoat transporti qamrovi oshmoqda

Nukusda 68 ta Yutong avtobusi brutto-shartnomalar asosida beshta yoʻnalishda yoʻlovchilarga xizmat koʻrsatmoqda, 2A-yoʻnalish esa Xoʻjayli tumani markazigacha uzaytirildi

18-noyabr, 15:41
gov.uz

Nukusda 68 ta zamonaviy Yutong avtobusi brutto-shartnomalar asosida beshta yoʻnalishda ishlamoqda. Ushbu mexanizm tashuvchilar faoliyatini bosib oʻtilgan masofa va xizmat koʻrsatish sifati boʻyicha baholash, shuningdek, qatnovlarning muntazamligini nazorat qilish imkonini beradi.

2026-yil 9-noyabrdan boshlab «Harbiy garnizon — Xoʻjayli avtovokzali» 2A-yoʻnalishidagi avtobuslar Xoʻjayli tumani markazigacha qatnaydi. Yoʻnalish aglomeratsiya tamoyili asosida Nukus bilan tuman markazi oʻrtasidagi transport aloqasini yaxshilash uchun tashkil etilgan.

Bu oʻzgarishlarni Transport vazirligi huzuridagi Jamoatchilik kengashi Qoraqalpogʻistondagi jamoat transporti tizimini monitoring qilish chogʻida koʻrib chiqdi. Kengash vakillari hududiy transport tashkilotlari, dispetcherlik xizmati va tashishlar sifatini baholash mexanizmi ishini oʻrgandi, shuningdek, yoʻlovchilar bilan suhbatlashdi.

Reklama
Biznesingiz uchun Telegram’da reklama · TCA Media

2026-yil yanvar–sentabr oylarida tashuvchilar 70 ta avtobus xarid qildi. Yana 112 ta avtobusni 2027-yil martigacha Yevropa tiklanish va taraqqiyot bankining kredit mablagʻlari hisobidan xarid qilish rejalashtirilgan.

Hudud hokimiyati yoʻnalishlar tarmogʻini kengaytirish va avtobus parkini yangilash ishlarini ham olib bormoqda. Monitoring doirasida kengash sohaning muammolari va uni rivojlantirish rejalarini, jumladan, chekka hududlar hamda shahar atrofi aholisi uchun qatnovlarni yanada muntazam va xavfsiz tashkil etish masalalarini oʻrgandi.