Reklama
Biznesingiz uchun Telegram’da reklama · TCA Media
Juma, 13-noyabr 2026-yilRUUZEN
MB kurslariUSD11 973.44▲ 9.17EUR13 282.14▼ 41.27RUB144.53▲ 0.04CNY1 795.58▲ 2.02KZT26.91▲ 0.03GBP15 891.15▼ 33.2913.11.2026 holatiga
Reklama
Biznesingiz uchun Telegram’da reklama · TCA Media
Bozorlar

Nokia aksiyalari yil oxirigacha $9,39 gacha qimmatlashishi mumkin — tahlilchi

TradingKey tahlilchisi Alan Long Nokia aksiyalari 31 dekabrgacha 29 oktabrdagi maksimumi — $9,39 gacha koʻtarilishi mumkinligini aytdi. Hozir aksiyalar narxi taxminan $8,41 ni tashkil etmoqda.

12-noyabr, 19:23

Long bahosiga koʻra, asosiy toʻsiq $8,40 darajasida. Agar aksiyalar bu darajadan yuqoriga chiqsa, avval $9,39 gacha, keyin esa $9,65 gacha koʻtarilishi mumkin. Qoʻllab-quvvatlash darajasi $7,90–8,00 oraligʻida.

Oʻsishni uchta omil qoʻllab-quvvatlamoqda. Birinchidan, sunʼiy intellektga boʻlgan talab: uchinchi chorakda Nokiaʼning sunʼiy intellekt va bulutli texnologiyalar yoʻnalishidagi daromadi 123 foizga, buyurtmalar hajmi esa 118 foizga oshib, €1,5 mlrd ga yetdi. Toʻrtinchi chorakda kompaniya savdolar oldingi chorakka nisbatan 20–24 foizga oʻsishini kutmoqda. Ikkinchidan, Moodyʼs Nokia reytingini investitsiya darajasidagi Baa3 pogʻonasigacha oshirdi, kompaniyaning sof pul mablagʻlari esa €2,6 mlrd ni tashkil etmoqda. Uchinchidan, sunʼiy intellekt aksiyalari bozori barqarorlasha boshlamoqda.

Asosiy xavf oʻzgaruvchanlik bilan bogʻliq: bir oy ichida aksiyalar 14,6 foizga arzonlashdi. Agar narx $7,90 dan pastda yopilsa, prognoz amalga oshmaydi va aksiyalar $7 gacha tushishi mumkin.

Reklama
Biznesingiz uchun Telegram’da reklama · TCA Media