Reklama
Biznesingiz uchun Telegram’da reklama · TCA Media
Juma, 13-noyabr 2026-yilRUUZEN
MB kurslariUSD11 973.44▲ 9.17EUR13 282.14▼ 41.27RUB144.53▲ 0.04CNY1 795.58▲ 2.02KZT26.91▲ 0.03GBP15 891.15▼ 33.2913.11.2026 holatiga
Reklama
Biznesingiz uchun Telegram’da reklama · TCA Media
Bozorlar

Maʼlumotlar markazlari sabab server SSDʼlari yana 15–20 foizga qimmatlashadi

TrendForce 2026 yilning IV choragida server SSDʼlari narxi oshishini prognoz qilmoqda

13-noyabr, 15:43

Tahlilchilar prognoziga koʻra, 2026 yilning toʻrtinchi choragida korporativ SSDʼlar narxi 15–20 foizga oshishi mumkin. Narxlarni koʻtarish boʻyicha rasmiy bildirishnomalar hozircha yuborilgani yoʻq, biroq taʼminot kanallarida komponentlar narxi allaqachon oʻsa boshlagan.

Talabning asosiy manbai maʼlumotlar markazlari boʻlib qolmoqda, isteʼmol bozori esa sustroq rivojlanmoqda. Xotira ishlab chiqaruvchilari quvvatlarni HBM, serverlar uchun DDR5 va korporativ QLC SSDʼlar foydasiga taqsimlamoqda. Shu sababli Samsung, SK hynix va Micron oddiy DRAM hamda NANDʼning ayrim turlarini yetkazib berish imkoniyatlarini qisqartirmoqda.

Modullar ishlab chiqaruvchi kichik kompaniyalar nafaqat xarid narxlarining oshishi, balki yetkazib berish tanqisligiga ham duch kelmoqda. Yirik buyurtmachilar hajmlar va shartnomalar maqomi boʻyicha ustuvorlikka ega boʻladi, boshqa kompaniyalar esa komponentlarni spot bozordan xarid qilishiga toʻgʻri kelmoqda. Bunda tayyor modullar narxi ularni ishlab chiqarish xarajatlariga qaraganda sekinroq oshmoqda.

Reklama
Biznesingiz uchun Telegram’da reklama · TCA Media

Isteʼmol segmentida talabga zaxiralar hamda uchinchi chorakda noutbuklar yetkazib berilishining 15,8 foizga qisqargani toʻsqinlik qilmoqda. Kompyuter ishlab chiqaruvchilari xotira xaridlarini kamaytirmoqda: TrendForce bahosiga koʻra, kompyuterlar uchun DRAMʼning shartnoma narxlari 13–18 foizga oshadi, isteʼmolchi SSDʼlarining qimmatlashishi esa 5 foizdan past boʻlib qoladi.

Xabarlarga koʻra, ayrim ishlab chiqaruvchilar quvvatlarni 2028 yilgacha band qilib boʻlgan. Tarmoq manbalari bahosiga koʻra, ishlab chiqarishni tez kengaytirish taqchillikni bartaraf etmaydi, chunki muammo mahsulotlarning segmentlar oʻrtasida qayta taqsimlanishi bilan ham bogʻliq. Shu bilan birga, isteʼmol bozorida narxlar bir xil emas, yakuniy talabning sustligi esa xaridorlarga muzokara qilish uchun koʻproq imkoniyat bermoqda.