YI Wildberries asoschisi Tatyana Kimga qarshi sanksiyalar joriy qildi
Yangi cheklovlar jami 145 ta kompaniya va jismoniy shaxsga taalluqli boʻladi

Sanksiyalar roʻyxati hozircha eʼlon qilinmagan. Avvalroq «Ozodlik» radiosi hujjat loyihasiga tayanib, YI Wildberriesʼni Rossiya armiyasi harbiy va ikki xil maqsadda qoʻllanadigan mahsulotlarni olishi mumkin boʻlgan kanal deb hisoblayotgani haqida yozgan edi.
EUobserver maʼlumotlariga koʻra, roʻyxat loyihasida «Yandeks» va Ozon kompaniyalarining hamegasi Aleksandr Chachava, tadbirkor Ruslan Baysarov hamda Federatsiya Kengashi spikeri Sergey Matviyenkoning oʻgʻli ham bor edi.
Odatda YI sanksiyalari Yevropa Ittifoqidagi aktivlarni muzlatishni, jismoniy shaxslar uchun esa bundan tashqari kirishni taqiqlashni anglatadi. Barro, shuningdek, Fransiya 22-sanksiyalar paketining qabul qilinishiga erishishga intilishini maʼlum qildi. Bu paketga Rossiyaga benzin yetkazib berishga cheklovlar kiritilishi mumkin.





