AQSh sudi Ethereum kriptovalyutasini 25 million dollarga oʻgʻirlash ishi boʻyicha aka-ukalarni oqladi
Perayr-Bueno 2024 yil may oyida Boston va Nyu-Yorkda hibsga olingan; ularga 20 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish jazosi xavf solgan

AQSh federal sudi Ethereum kriptovalyutasini 25 million dollarga oʻgʻirlashda ayblangan Anton va Jeyms Perayr-Buenoni oqladi. Ish avvalgi sud jarayonida hukm chiqarilmagach, qayta koʻrib chiqildi.
Ayblov tomonining versiyasiga koʻra, aka-ukalar Ethereum blokcheynida tasdiqlanishini kutayotgan tranzaksiyalarga kirish imkonini qoʻlga kiritib, operatsiyalar tartibini oʻzgartirgan va 12 soniya ichida taxminan $25 mln qiymatidagi kriptovalyutani egallab olgan. Hujum 2022 yil dekabrida boshlangan va MEV-Boost relay kodidagi zaiflikdan foydalangan.
Sudya Jessika Klark prokuratura elektron aloqa vositalaridan foydalangan holda firibgarlik va u bilan bogʻliq jinoyatlar boʻyicha ayblovlar uchun zarur boʻlgan muhim darajadagi yolgʻon bayonotlar mavjudligini isbotlay olmagan, degan qarorga keldi. Shu sababli u oqlov hukmini chiqardi.
Perayr-Bueno 2024 yil may oyida Boston va Nyu-Yorkda hibsga olingan. Ularga ayblovning har bir bandi boʻyicha 20 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish jazosi xavf solgan. Prokurorlarning taʼkidlashicha, aka-ukalar treyderlarning xatti-harakatlarini oldindan oʻrgangan, aktivlarning kelib chiqishi va hujumga aloqadorligini yashirish uchun «tuzoq tranzaksiyalar», bir nechta kriptovalyuta manzillari, xorijiy birjalar va qobiq kompaniyalardan foydalangan.





