Paynetning 2026 yilning 9 oyidagi sof foydasi 136 foizga oshdi
Kompaniyaning shu davrdagi sof tushumi 44,8 foizga koʻpaydi
28-oktabr, 15:38По-русски
2026 yil yanvar–sentabr oylaridagi faoliyat yakunlariga koʻra, «Paynet» AJning sof foydasi 780,2 mlrd soʻmga yetdi. Sof tushum 1,7 trln soʻmga yetdi.
Bir yil ichida toʻlov tashkilotining aktivlari 43,4 foizga oshib, 2 trln soʻmni tashkil etdi. Oʻz kapitali esa 18,5 foizga koʻpayib, 1,4 trln soʻmga yetdi. Kompaniyaning taqsimlanmagan foydasi 11,1 foizga kamayib, 556,3 mlrd soʻmni tashkil qildi.





