Goldman Sachs treyderlar va bankirlarga sunʼiy intellektdan foydalanishni taqiqladi
Endi kompaniyada undan faqat muhandislar foydalanishi mumkin
Goldman Sachsʼning 2026-yil oktabridagi ichki koʻrsatmalari Anthropic kompaniyasining Claude Code va Microsoftʼning GitHub xizmatlaridan foydalanish imkoniyatini chekladi. Avvalroq treyderlar va bankirlar bu vositalardan savdo oqimlarini monitoring qilish va kontent yaratish uchun foydalanib kelgan.
Qaror ishida sunʼiy intellektdan foydalanib kelgan xodimlarning noroziligiga sabab boʻldi. Goldman Sachsʼning axborot texnologiyalari boʻyicha direktori Marko Arjenti iyul oyida sunʼiy intellektga matnli soʻrovlar orqali dasturlar yaratishni ijobiy baholagan va treyding hamda aktivlarni boshqarish boʻlimlari xodimlarini misol qilib keltirgandi. Uning taʼkidlashicha, ular prototiplar yaratib, keyin ularni muhandislarga topshirishi mumkin edi.
Goldman Sachs vakili Nik Karraterra siyosatni qayta koʻrib chiqishni samaradorlik va xatarlarni boshqarish zarurati bilan izohladi. Uning soʻzlariga koʻra, tajribalar bosqichi yakunlangan, bunday vositalardan uzoq muddat foydalanishga eng mos xodimlargina ulardan foydalanish imkoniyatini saqlab qoladi.




