AQSh Nvidia atrofidagi mojaro ortidan singapurlik Megaspeedʼni qora roʻyxatga kiritdi
AQSh Savdo vazirligi Megaspeed va uning Malayziya hamda Tailanddagi tuzilmalarini Entity Listʼga kiritib, ilgʻor chiplarni Xitoyga yetkazish xavfi sabab ular bilan savdoni chekladi.

AQSh Savdo vazirligi singapurlik Megaspeed va u bilan bogʻliq kompaniyalarni savdosi cheklangan tashkilotlar roʻyxatiga kiritdi. Vazirlik qarorni ilgʻor hisoblash uskunalarini ruxsatsiz foydalanuvchilarga yoʻnaltirib yuborish xavfi bilan izohladi.
AQSh rasmiylari Megaspeed faoliyatini 2024-yildan beri tekshirmoqda. Tergovga koʻra, kompaniya Xitoydagi tashkilotlarga bunday uskunani bevosita sotib olish taqiqlangani sabab Janubi-Sharqiy Osiyodagi infratuzilma orqali ilgʻor sunʼiy intellekt chiplarini Xitoyga yetkazishda ishtirok etgan boʻlishi mumkin.
Endi tergovni AQSh Adliya vazirligi olib boradi, Savdo vazirligi esa savdo cheklovlariga rioya etilishini nazorat qiladi. Vazirlik hujjatida Megaspeedʼning Malayziya va Tailanddagi affillangan tuzilmalari ham savdo cheklovlariga tushgani koʻrsatilgan.
Savdo vazirligi toʻgʻridan-toʻgʻri va bilvosita yetkazib berishlar haqida soʻrov yuborganidan soʻng, Nvidia Megaspeedʼni kompaniyalarga mahsulot sotishni taqiqlovchi ichki roʻyxatiga kiritdi. AQSh rasmiylarining qarori Nvidia bosh direktori Jensen Huangning Donald Tramp maʼmuriyati koʻmagida kompaniya boshqaruviga qaytgan davrga toʻgʻri keldi.





