Reklama
Biznesingiz uchun Telegram’da reklama · TCA Media
Juma, 27-noyabr 2026-yilRUUZEN
MB kurslariUSD12 002.10▲ 14.21EUR13 166.30▲ 51.55RUB146.02▲ 0.61CNY1 802.06▲ 6.31KZT26.21▲ 0.04GBP15 721.55▲ 65.3727.11.2026 holatiga
UzStock26.11.2026
Reklama
Biznesingiz uchun Telegram’da reklama · TCA Media
Tahlil

Trampning Gʻazo boʻyicha Tinchlik kengashiga vaʼda qilingan 18 mlrd dollar nima boʻldi?

Donorlar Trampning Tinchlik kengashi orqali Gʻazoni tiklash uchun qariyb 18 mlrd dollar vaʼda qilgan edi, biroq oʻt ochish toʻxtatilganidan bir yildan koʻproq vaqt oʻtganiga qaramay, ishlar boshlanmadi. 280 mln dollarning katta qismi oʻzlashtirilmagan.

19-noyabr, 14:15
thenationalnews.com

Tinchlik kengashi donorlarning dastlabki moliyaviy majburiyatlari qariyb 18 mlrd dollarga yetganini maʼlum qildi. Shu bilan birga, qurilishning boshlangʻich bosqichi uchun kengash 280 mln dollar soʻragan, sentyabr oyidagi bayonotiga koʻra, bu mablagʻning katta qismi oʻzlashtirilmay qolgan.

Isroil xalqaro kuchlar yoki tayyorgarlikdan oʻtgan Falastin politsiyasining Gʻazoga kirib, HAMASni qurolsizlantirishni boshlashiga ruxsat bermaguncha, loyihalarni boshlashning iloji yoʻq. Isroil oziq-ovqat va tibbiy yordam yetkazib berilishini ham cheklamoqda, vaʼda qilingan koʻchma uylarni kiritmayapti hamda Gʻazoni boshqarish boʻyicha Falastin qoʻmitasining sektor hududiga kirishiga yoʻl qoʻymayapti. Qoʻmita Qohirada faoliyat yuritmoqda.

Falastin Sogʻliqni saqlash vazirligi maʼlumotlariga koʻra, sulh kuchga kirganidan beri Isroil kamida 1 658 nafar falastinlikni oʻldirgan, 6 000 kishini yaralagan. Qariyb 1,4 mln falastinlik hamon vaqtinchalik boshpanalarda yashamoqda.

Kengashni Donald Tramp Gʻazo boʻyicha reja doirasida taklif qilgan va unga tiklanishni muvofiqlashtirish vakolati berilgan. Uning tarkibiga moliyaviy majburiyat olganini ham eʼlon qilgan Oʻzbekiston ham kiradi, biroq bu majburiyat miqdori oshkor qilinmagan.

Reklama
Biznesingiz uchun Telegram’da reklama · TCA Media