Intel aksiyalari sunʼiy intellekt infratuzilmasiga talab fonida oʻsdi
Aksiyalar uning hamkori CoreWeaveʼning kuchli hisobotidan soʻng 62,50 dollarga yetdi

Intel aksiyalari savdolar yakunida 7,52 foizga oshib, 62,50 dollarga yetdi. Qimmatli qogʻozlarni investorlarning sunʼiy intellekt infratuzilmasiga boʻlgan talabga munosabati ijobiylashgani fonida chip ishlab chiqaruvchilar aksiyalarining umumiy oʻsishi qoʻllab-quvvatladi.
Sektor uchun turtki CoreWeaveʼning 10-noyabrda eʼlon qilingan uchinchi chorak natijalaridan keldi. Kompaniyaning tushumi 3,7 mlrd dollarni tashkil etdi — bu oʻtgan yilgi 1,4 mlrd dollarlik koʻrsatkichdan ikki baravardan koʻproq yuqori. CoreWeave, shuningdek, butun yil uchun prognozini oshirdi.
Shu fonda investorlar AQShda oʻtgan haftada boʻlib oʻtgan saylovlardan keyingi sotuvlardan soʻng yarimoʻtkazgich kompaniyalari aksiyalarini yana xarid qila boshladi. Kongress ustidan nazoratning Demokratik partiyaga oʻtishi yangi rahbariyat sunʼiy intellekt sohasidagi tartibga solishni kuchaytirishi va maʼlumotlar markazlari qurilishini toʻxtatib qoʻyishi mumkinligi haqidagi xavotirlarni yuzaga keltirdi.
Intel uchun bu choraklik natijalar eʼlon qilinganidan keyingi aksiyalar pasayishidan soʻng yuz bergan burilish boʻldi. Kompaniya shaxsiy kompyuterlar bozorining zaiflashgani sababli toʻrtinchi chorak uchun zaif prognoz berdi. Bu bozor kompaniyaning asosiy yoʻnalishlaridan biridir. Segmentdagi kutilayotgan pasayish sunʼiy intellekt infratuzilmasiga talab sabab yuzaga kelgan komponentlar taqchilligi va narxlarning keskin oshishi bilan bogʻlanmoqda. Bu Wall Streetʼni Intelʼning tiklanishiga doir kutilmalarini qayta koʻrib chiqishga majbur qildi.





