Reklama
Biznesingiz uchun Telegram’da reklama · TCA Media
Juma, 13-noyabr 2026-yilRUUZEN
MB kurslariUSD11 973.44▲ 9.17EUR13 282.14▼ 41.27RUB144.53▲ 0.04CNY1 795.58▲ 2.02KZT26.91▲ 0.03GBP15 891.15▼ 33.2913.11.2026 holatiga
Reklama
Biznesingiz uchun Telegram’da reklama · TCA Media
Bozorlar

OpenAIʼning choraklik operatsion zarari 10,9 mlrd dollargacha oshdi

Shu bilan birga, OpenAIʼning III chorakdagi tushumi qariyb 50 foizga oʻsdi

12-noyabr, 14:13
Antonello Marangi / Shutterstock

OpenAIʼning tuzatilgan operatsion marjasi avvalgi chorakdagi minus 150 foizdan minus 109 foizgacha yaxshilandi. Biroq ChatGPT ishlab chiquvchisining tushumi sezilarli darajada oshganiga qaramay, zarar 10,1 mlrd dollardan koʻpaydi.

Moliyaviy koʻrsatkichlarning oshkor qilinishi investorlarning kompaniyalarning sunʼiy intellektga sarflayotgan xarajatlari va zarur infratuzilmani yaratishiga eʼtibori kuchaygan bir paytga toʻgʻri keldi. Jumladan, Anthropic IPOga tayyorgarlik koʻrmoqda va uning doirasida kompaniya taxminan 1,4 trln dollarga baholanishi mumkin.

AQSh Qimmatli qogʻozlar va birjalar komissiyasiga taqdim etilgan arizada Anthropic har bir aksiya narxini 70 dollardan 78 dollargacha belgilagan holda 825 mln dona aksiya joylashtirishni rejalashtirayotganini bildirdi. Savdolarni ANT tiker belgisi ostida oʻtkazish rejalashtirilmoqda.

Reklama
Biznesingiz uchun Telegram’da reklama · TCA Media

Bundan tashqari, Google, Nvidia, AMD va Microsoftni oʻz ichiga olgan yetti texnologik kompaniya Anthropicʼning ovoz berish huquqisiz aksiyalarini IPO narxida 26 mlrd dollarga sotib olishga rozi boʻldi. Bitim alohida xususiy joylashtirish doirasida amalga oshirilishi kerak. Bu kompaniyalar Anthropic investorlari yoki unga hisoblash quvvatlarini yirik hajmda yetkazib beruvchilardir.

Anthropic 100 mlrd dollargacha mablagʻ jalb qilishi kutilgan edi — bu IPO tarixdagi eng yirik joylashtirishga aylangan boʻlardi.