Nvidia bir hafta ichida deyarli $500 mlrd kapitalizatsiyasidan ayrildi
Payshanba kuni gigant kompaniya aksiyalari $166,19 darajasida yopildi.

Bir hafta ichida Nvidia aksiyalari 4,34 foizga pasaydi, kompaniya kapitalizatsiyasi esa taxminan $490 mlrd ga qisqardi. Kompaniya dunyodagi eng yirik ommaviy kompaniyalar reytingida Appleʼga birinchi oʻrinni boy berdi. Shu davrda chiplar ishlab chiqaruvchisining bozor kapitallashuvi $4,498 trln dan $4,005 trln gacha tushdi.
Aksiyalar dinamikasiga nafaqat kompaniya rahbariyati bilan bogʻliq masalalar, balki sunʼiy intellekt sektori istiqbollarining qayta baholanishi ham taʼsir koʻrsatdi. Investorlar uchun noaniqlikning asosiy omillaridan biri Nvidiaʼning korporativ boshqaruvi boʻlib qolmoqda.
Bozor, shuningdek, kompaniya 30 yildan ortiq vaqt davomida uning rivojlanishini belgilab kelgan rahbar Jensen Huangsiz avvalgi oʻsish surʼatlari va yetakchiligini saqlab qola oladimi-yoʻqmi, shuni tushunishga urinmoqda. Shu bilan birga, Nvidiaʼning ishlab chiqarish hamkorlari, texnologik bazasi va mijozlar infratuzilmasi saqlanib qolmoqda.
Boshqa texnologik kompaniyalar aksiyalari dinamikasi bir xil boʻlmadi: AMD va Broadcom aksiyalari oʻsdi, CoreWeave, Nebius, TSMC va Intel qimmatli qogʻozlari esa pasaydi. Tushish ASML, Micron, SK Hynix va Sandisk aksiyalariga ham taʼsir qildi.





