AQSh va yana toʻqqiz davlat AI taʼminot zanjirlarini himoya qilish toʻgʻrisidagi deklaratsiyani imzoladi
Hujjat 15 noyabr kuni San-Fransiskoda imzolandi

Hujjat Pax Silica tashabbusi asoschilari uchrashuvida San-Fransiskoda imzolandi. Kelishuvga AQShdan tashqari Avstraliya, Hindiston, Isroil, Yaponiya, Koreya Respublikasi, Qatar, Singapur, BAA va Buyuk Britaniya qoʻshildi.
Ishtirokchilar ilgʻor AI tizimlarini rivojlantirish uchun muhim boʻlgan tovarlar, dasturiy taʼminot, materiallar, texnik bilimlar, komponentlar va ishlab chiqarish resurslarini birgalikda himoya qilishga kelishib oldi. Deklaratsiyada portlar, transport va logistika tarmoqlari, aloqa tizimlari, energetika infratuzilmasi hamda raqamli platformalar ham alohida tilga olingan.
Kelishuvlarni amalga oshirish uchun ishchi guruhlar tuzilishi rejalashtirilmoqda. Ular innovatsiyalarni qoʻllab-quvvatlash siyosati, muhim tarmoqlarda AIʼni joriy etish, texnologik taʼminot zanjiri boʻyicha hamkorlik va infratuzilma himoyasini kuchaytirish bilan shugʻullanadi. Deklaratsiya 2025 yil dekabrida AQSh tomonidan ishga tushirilgan Pax Silica tashabbusining navbatdagi bosqichi boʻldi.





