Reklama
Biznesingiz uchun Telegram’da reklama · TCA Media
Dushanba, 2-noyabr 2026-yilRUUZEN
MB kurslariUSD12 023.46▼ 42.76EUR13 461.47▲ 17.29RUB149.44▼ 0.30CNY1 807.33▼ 4.03KZT26.49▼ 0.14GBP16 146.30▲ 70.4831.10.2026 holatiga
Reklama
Biznesingiz uchun Telegram’da reklama · TCA Media
Bozorlar

Xalqaro investitsiya banki Oʻzbekistondagi ishtirokini kengaytirishdan manfaatdor

Bu haqda Londonda Goldman Sachs rahbariyati bilan boʻlib oʻtgan uchrashuvda soʻz yuritildi

2-noyabr, 18:17

Oʻzbekistonning Londondagi diplomatik vakolatxonasida Goldman Sachs kompaniyasining mamlakat bozoridagi faoliyatini kengaytirish istiqbollari muhokama qilindi. Tomonlar bank vakillarini respublikaning yetakchi kompaniyalari va tijorat banklari rahbarlari bilan uchrashtirishga kelishib oldi.

Uchrashuvda Goldman Sachs kompaniyasining rivojlanayotgan bozorlarda savdo yoʻnalishi boʻyicha ijrochi direktori Grigoriy Goncharov ishtirok etdi. U bankning Oʻzbekiston Markaziy banki bilan koʻp yillik hamkorligini hamda bankning respublika bilan sheriklikni davom ettirishdan manfaatdor ekanini alohida taʼkidladi.

Boʻlajak aloqalardan kutilayotgan natija — hamkorlikning yangi yoʻnalishlarini izlash va tomonlarning amaliy faoliyatini yanada faollashtirish.

Reklama
Biznesingiz uchun Telegram’da reklama · TCA Media

Yana oʻqing