Reklama
Biznesingiz uchun Telegram’da reklama · TCA Media
Juma, 27-noyabr 2026-yilRUUZEN
MB kurslariUSD12 002.10▲ 14.21EUR13 166.30▲ 51.55RUB146.02▲ 0.61CNY1 802.06▲ 6.31KZT26.21▲ 0.04GBP15 721.55▲ 65.3727.11.2026 holatiga
UzStock26.11.2026
Reklama
Biznesingiz uchun Telegram’da reklama · TCA Media
Iqtisodiyot

Qirgʻiziston Oʻzbekiston bilan pensiya taʼminoti toʻgʻrisidagi bitimni birinchi oʻqishda qoʻllab-quvvatladi

Mamlakatlar pensiya tayinlashda sugʻurta stajini hisobga oladi

18-noyabr, 12:02

Qirgʻiziston Jogorku Keneshi qoʻmitasi Oʻzbekiston bilan davlat ijtimoiy sugʻurtasi va pensiya taʼminoti toʻgʻrisidagi bitimni ratifikatsiya qilish haqidagi qonun loyihasini birinchi oʻqishda maʼqulladi. Hujjat 2026-yil 30-iyul kuni Oʻzbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Qirgʻizistonga davlat tashrifi chogʻida Cholpon-Atada imzolangan.

Bitimga koʻra, pensiya tayinlashda ikki mamlakatda orttirilgan sugʻurta staji davrlari hisobga olinishi mumkin. Agar bir davlatdagi staj yetarli boʻlmasa, u boshqa davlatdagi mehnat davrlari bilan toʻldiriladi, biroq vaqt jihatidan bir-biriga toʻgʻri keladigan davrlar qoʻshib hisoblanmaydi.

Har bir mamlakat pensiyani oʻz qoidalariga koʻra tayinlaydi va toʻlaydi. Toʻlov miqdori pensiyani tayinlayotgan davlatda olingan ish haqi hamda toʻlangan sugʻurta badallari hisobga olingan holda hisoblab chiqiladi. Bitim yoshga doir pensiyalar, nogironlik pensiyalari va boquvchisini yoʻqotganlik pensiyalarini, pensiya jamgʻarmalarini hamda dafn etish nafaqalarini qamrab oladi.

Reklama
Biznesingiz uchun Telegram’da reklama · TCA Media

Tayinlangan pensiyani yashash mamlakatidan qatʼi nazar, yetkazib berish xarajatlari ushlab qolinmagan holda olish mumkin boʻladi. Istisno tariqasida, qonunchilik pensiyani tayinlagan mamlakatda doimiy yashashni talab qiladigan toʻlovlar bundan mustasno boʻladi.

Mehnat migratsiyasi koʻlamini 2025-yilga oid maʼlumotlar ham koʻrsatadi: Qirgʻizistonda 8 288 nafar Oʻzbekiston fuqarosi uchun umumiy 86,4 million qirgʻiz somi miqdorida sugʻurta badallari toʻlangan. Qirgʻiziston Tashqi ishlar vazirligi bahosiga koʻra, Oʻzbekistonda qariyb 6 300 nafar Qirgʻiziston fuqarosi ishlaydi.