Avtomobillar eksporti Xitoy avtosanoatining yashab qolishiga qanday yordam bermoqda
Oktyabr oyida Xitoy avtosanoatining oʻsishi 0,9 foizgacha sekinlashdi, ishlab chiqaruvchilar esa xorijga yetkazib berishni oshirdi

Xitoy avtomobil ishlab chiqaruvchilari oktyabr oyida xorijga 928 000 ta avtomobil joʻnatdi — bu oʻtgan yilga nisbatan 68,5 foizga koʻp. Ichki bozorda avtosanoatning oʻsishi 0,9 foizgacha sekinlashdi — bu soʻnggi toʻrt yildagi eng past koʻrsatkich.
Gibridlar ham kiradigan elektrlashtirilgan avtomobillar savdosi 13,7 foizga kamaydi. Bu 2026-yil boshida elektromobillar xaridi uchun soliq imtiyozlari qisqartirilganidan keyin yuz berdi. Ichki yonuv dvigateliga ega avtomobillarga talab oʻtgan yilga nisbatan 44 foizga pasaydi.
Agar Xitoy bozori tiklanmasa va amaldagi tendensiya saqlanib qolsa, mahalliy ishlab chiqaruvchilar 2027-yilda jiddiy muammolarga duch kelishi mumkin. Xitoy yengil avtomobillar assotsiatsiyasi (CPCA) savdo toʻsiqlari, ayniqsa Yevropa Ittifoqi mamlakatlaridagilari sabab eksport bir necha oy ichida sekinlasha boshlashini kutmoqda. Ayrim kompaniyalar tariflar kuchaytirilishidan oldin avtomobillarni muddatidan avval joʻnatishga intilmoqda.





