Reklama
Biznesingiz uchun Telegram’da reklama · TCA Media
Juma, 23-oktabr 2026-yilRUUZEN
MB kurslariUSD11 903.15▼ 62.36EUR13 329.15▼ 108.12RUB146.75▲ 0.79CNY1 783.40▼ 8.89KZT26.50▼ 0.20GBP15 916.89▼ 112.1123.10.2026 holatiga
Reklama
Biznesingiz uchun Telegram’da reklama · TCA Media
Banklar

Badavlat xitoyliklar pullarini offshorlardan AQSh banklariga oʻtkazmoqda

Pekin soliq nazoratini kengaytirar ekan, yuristlar mijozlarga trastlarni yopish, aksiyalarni sotish va kredit olishda yordam bermoqda

23-oktabr, 15:30По-русски
Unsplash — Mitchell Luo

Xitoy rasmiylari xitoylik soliq rezidentlarining xorijdagi trastlaridan olinadigan daromadlar va kapital oʻsishi 20 foiz stavkada soliqqa tortilishini eʼlon qildi. Singapurdagi Golden Acacia Capital kompaniyasi bosh direktori Keyt Teng AQShda hisobvaraq ochish boʻyicha soʻrovlar koʻpayganini aytdi: ayrim mijozlar iyulda tayyorgarlikni boshlaganidan keyin hisobvaraqlarni ikki oydan kamroq vaqt ichida ochishga ulgurgan.

Tengning aytishicha, yirik mablagʻlar odatda xususiy banklarga joylashtiriladi, kichikroq hisobvaraqlar egalari esa mintaqaviy banklar yoki onlayn brokerlarni tanlaydi. AQSh 100 dan ortiq yurisdiksiya moliyaviy hisobvaraqlar haqidagi maʼlumotlarni avtomatik ravishda almashadigan CRS standartida ishtirok etmaydi; Amerika banklari Pekinga shunga oʻxshash maʼlumotlarni yuborishga majbur emas.

Shu bilan birga, mablagʻlarni AQShga oʻtkazish Xitoydagi soliq majburiyatlarini bekor qilmaydi. Gonkongdagi Zhong Lun kompaniyasi hamkori Klifford Ng Singapur yoki Gonkong banklaridan pullarni chiqarish boʻyicha operatsiyalar soliq organlariga koʻrinib qolishi mumkinligini taʼkidladi. Pekindagi W&H Law Firm kompaniyasi hamkori Kris Cao ham mablagʻ oʻtkazilgani haqidagi maʼlumotlar soliq hisoblash uchun allaqachon asos boʻlishi mumkin, deb hisoblaydi.

Materik Xitoydan yangi yirik mablagʻlarni olish tobora qiyinlashmoqda. Bank of Singapore xususiy bankiri Jingkuan Lin offshor bank biznesi bundan buyon faqat mamlakat tashqarisida allaqachon joylashgan kapitalga xizmat koʻrsatish bilan cheklanishini kutmoqda.

Reklama
Biznesingiz uchun Telegram’da reklama · TCA Media
Manba: CNBC

Yana oʻqing