Reklama
Biznesingiz uchun Telegram’da reklama · TCA Media
Juma, 13-noyabr 2026-yilRUUZEN
MB kurslariUSD11 973.44▲ 9.17EUR13 282.14▼ 41.27RUB144.53▲ 0.04CNY1 795.58▲ 2.02KZT26.91▲ 0.03GBP15 891.15▼ 33.2913.11.2026 holatiga
Reklama
Biznesingiz uchun Telegram’da reklama · TCA Media
Investitsiyalar

Oʻzbekistonda xorijiy qimmatli qogʻozlar muomalasi tartibi tasdiqlandi

Istiqbolli loyihalar milliy agentligi qimmatli qogʻozlarning «Tartibga solish qumdoni» maxsus huquqiy rejimi doirasidagi muomalasini tartibga soldi

13-noyabr, 13:29
Wikimedia

Istiqbolli loyihalar milliy agentligi tegishli nizomni tasdiqladi. U 2026-yil 11-noyabrda 3971-son bilan roʻyxatdan oʻtkazilgan. Hujjat «Tartibga solish qumdoni» maxsus huquqiy rejimi doirasida xorijiy qimmatli qogʻozlar va moliyaviy vositalarning muomalasini tartibga soladi.

Nizomda bunday vositalar muomalasini tashkil etishning ikki mexanizmi, malakali investorlarga qoʻyiladigan talablar va ularni hisobga olish qoidalari belgilangan. Shuningdek, unda investitsiya vositachilarining mijozlar manfaatlarini himoya qilish boʻyicha majburiyatlari, moliyaviy vositalarni muomalaga kiritish tartibi, shuningdek, ularning muomalasini toʻxtatib turish va tugatish shartlari mustahkamlangan.

Agentlik maʼlumotlariga koʻra, yangi tartib investorlarning xalqaro moliya bozorlariga kirish imkoniyatini bosqichma-bosqich kengaytirishi, operatsiyalar shaffofligini oshirishi hamda investorlarning huquq va manfaatlari himoyasini taʼminlashi kerak.

Reklama
Biznesingiz uchun Telegram’da reklama · TCA Media