Oʻzbekistonda sugʻurta mukofotlari 9 oyda 12,5 trln soʻmga yetdi
Shu davrda sugʻurta toʻlovlari 3 219,6 mlrd soʻmni tashkil etib, 68,3 foizga oshdi
13-noyabr, 17:24

Shutterstock
Bir aholiga 315,3 ming soʻmdan sugʻurta mukofoti toʻgʻri keldi. Mamlakatda 36 ta litsenziyaga ega sugʻurta tashkiloti faoliyat yuritmoqda: 28 tasi umumiy sugʻurta, yettitasi hayot sugʻurtasi va bittasi faqat qayta sugʻurtalash sohasida ishlaydi.
Bu davrda sugʻurtalovchilarning ustav kapitali 4,5 trln soʻmni tashkil etib, 23,1 foizga oshdi. Tuzilgan shartnomalar soni 9,6 mln taga yetdi, bu 6,7 foizga koʻpdir.





