Tramp memkoinining eng yirik egalari uchun yopiq kechki ovqat uyushtiradi
AQSh prezidenti Donald Tramp oʻzining $TRUMP memkoinini eng koʻp ushlab turgan 185 kishi uchun kechki ovqat beradi; tadbir manfaatlar toʻqnashuvi ehtimoli haqidagi savollarni yana keltirib chiqardi.

Tadbirga tokenning 185 ta eng yirik egasi taklif qilinadi. Mehmonlar orasida biznesmen Kevin OʻLiri va bokschi Floyd Meyvezer borligi aytilmoqda. Yana 29 ishtirokchi Tramp kelishi kutilayotgan VIP qabulga kirish huquqini oladi. Prezident bilan shaxsiy uchrashuvlar ham, sovgʻalar ham koʻzda tutilmagan.
Gala-kecha Vashington yaqinidagi Trump National Golf Clubda boʻlib oʻtadi va taxminlarga koʻra, $TRUMPning yirik egalari uchun oʻtkaziladigan uchinchi shunday tadbir boʻladi. Avvalgi uchrashuvlar Trampga tegishli maskanlarda oʻtkazilgan.
Demokratlar prezidentni lavozimidan shaxsiy manfaat uchun foydalanishda ayblab, bunday tadbirlarni xususiy investorlarga u bilan muloqot qilish imkoniyatini sotish usuli deb hisoblaydi. Demokratik milliy qoʻmita Tramp nomini tijoriylashtirish tergov qilinishi kerakligini bildirdi.
Oq uy eʼtirozlarni rad etib, kechki ovqat hukumat ishiga aloqasi boʻlmagan xususiy tadbir ekanini aytmoqda. U yerda ishtirokchilarga qatnashish evaziga davlat organlaridan biror harakat vaʼda qilinmasligi taʼkidlanadi. Kechki ovqat arafasida token narxi taxminan 0,88 dollar edi.





