Janubiy Koreyaning Hana Bank banki Oʻzbekistondagi vakolatxonasi uchun akkreditatsiya oldi
Vakolatxona mamlakat bozorini oʻrganadi hamda davlat organlari, moliya muassasalari va xususiy sektor bilan aloqalarni rivojlantiradi
17-noyabr, 22:22

Vakolatxona Oʻzbekiston moliya bozorini oʻrganish va davlat organlari, moliya muassasalari hamda xususiy sektor bilan hamkorlikni kengaytirish bilan shugʻullanadi.
Hana Bank bank, investitsiya va sugʻurta kompaniyalarini birlashtiruvchi Janubiy Koreyaning Hana Financial Group moliyaviy guruhiga kiradi. 2015-yil 1-sentabrda bank Korea Exchange Bank bilan birlashdi. Hozir u 27 ta mamlakatda faoliyat yuritadi.
Avvalroq, oʻsha kuni Markaziy bank Fransiyaning Societe Generale banki vakolatxonasini akkreditatsiyadan oʻtkazdi.





