Apple aksiyalari 2026 yilda 30 foizga oshib, tarixiy maksimumni yangiladi
11 noyabr kuni Apple aksiyalari boʻyicha qariyb 900 mingta opsionda savdo qilindi

Chorshanba kungi savdo sessiyasining dastlabki yarmida bozor ishtirokchilari Appleʼning qariyb 900 000 ta opsioni boʻyicha bitimlar tuzdi: shundan qariyb 500 000 tasi kol-opsionlar, 370 000 tasi esa put-opsionlar boʻldi.
Kompaniya aksiyalari moliyaviy hisobot fonidagi qisqa muddatli pasayishdan soʻng tiklandi va oʻsishda davom etdi — bularning barchasi oʻtgan haftada texnologik qimmatli qogʻozlarning COVID-19 davridan beri kuzatilgan eng yirik sotuvlari, yarimoʻtkazgichlar sektoridagi pasayish hamda foiz stavkalari oshirilishi haqidagi yangi xavotirlarga qaramay yuz berdi. Shu oyda moliyaviy hisobot eʼlon qilinishidan oldin treyderlar put-opsionlardagi pozitsiyalarini oshirgan edi, biroq kotirovkalar tiklangach, put va kol-opsionlar boʻyicha ochiq pozitsiyalar nisbati 0,95 dan 0,87 gacha pasaydi. Kunlik savdo hajmi kol-opsionlar tomoniga ogʻdi.





