Reklama
Biznesingiz uchun Telegram’da reklama · TCA Media
Juma, 13-noyabr 2026-yilRUUZEN
MB kurslariUSD11 973.44▲ 9.17EUR13 282.14▼ 41.27RUB144.53▲ 0.04CNY1 795.58▲ 2.02KZT26.91▲ 0.03GBP15 891.15▼ 33.2913.11.2026 holatiga
Reklama
Biznesingiz uchun Telegram’da reklama · TCA Media
Bozorlar

Google sunʼiy intellekt chiplari ishlab chiqaruvchi Qualcommʼga 548 mln dollar sarmoya kiritdi

Kompaniya maʼlumotlar markazlari uchun chiplar va sunʼiy intellekt infratuzilmasini rivojlantirishni rejalashtirmoqda

9-noyabr, 12:48

Googleʼning bosh kompaniyasi Alphabet 2026 yilning uchinchi choragida Qualcomm kompaniyasining qiymati qariyb 548 mln dollar boʻlgan ulushini sotib oldi. Yarimoʻtkazgichlar ishlab chiqaruvchisi maʼlumotlarni qayta ishlash markazlari uchun protsessorlar va sunʼiy intellekt infratuzilmasi bilan bogʻliq biznesni kengaytirishni koʻzlamoqda.

Kompaniyalar bir necha yildan beri hamkorlik qilib keladi. Qualcomm Android smartfonlari uchun protsessorlar yetkazib beradi, yaqinda esa Googlebook premium noutbuklarining Qualcomm chiplari asosidagi yangi turkumini yaratishda ishtirok etdi. 2024 yilda tomonlar avtomobil sanoatida sunʼiy intellektdan foydalanish uchun chiplar va dasturiy taʼminotni birgalikda ishlab chiqishga ham kelishib oldi.

Hozir Qualcomm sunʼiy intellekt infratuzilmasi yoʻnalishini mustahkamlamoqda va yirik bulutli xizmat koʻrsatuvchi provayderlar uchun maxsus protsessorlar yaratmoqda. Kompaniya 2029 yilga kelib maʼlumotlar markazlari uchun chiplar savdosidan tushadigan daromad 15 mlrd dollarga yetishini kutmoqda.

Reklama
Biznesingiz uchun Telegram’da reklama · TCA Media

2026 yil sentyabrida Qualcomm Amazon bilan kelishuv tuzdi. Unga koʻra, texnologiya kompaniyasi Qualcommʼning sunʼiy intellekt chiplari va ularga qoʻshimcha mahsulotlarini 60 mlrd dollargacha boʻlgan summaga sotib olishi mumkin. Microsoft va Meta ham maʼlumotlar markazlari uchun Qualcomm protsessorlariga buyurtma bermoqda va bu yoʻnalish rivojini qoʻllab-quvvatlamoqda.

6 noyabr kungi dastlabki savdolarda Qualcomm aksiyalari 3 foizga qimmatlashdi. Bir kun avval kompaniyaning aksiyalari sentyabr choragi natijalari eʼlon qilingach, 9 foizdan koʻproqqa arzonlashgan edi. Bu natijalar bozor kutganidan past boʻldi.

Bundan tashqari, Alphabet Ilon Maskning SpaceX kompaniyasidagi ulushini ham biroz oshirdi — aksiyalar soni taxminan 551,2 mln tadan 555 mln donaga koʻpaydi.